Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Meksikada 1 sutkada 3 nafar davlat xizmatchisi otib ketildi

Meksikada 1 sutkada 3 nafar davlat xizmatchisi otib ketildi

Foto: «RIA Novosti»

Meksikaning Michoakan shtati Buenavista shahring saylangan meri otib ketildi, deya xabar beradi «RIA Novosti» axborot agentligi.

«Excelsior» portalining yozishicha, Eliseo Delgado kecha merlik binosidan chiqaverishda noma’lum kimsa tomonidan otib ketilgan.

E.Delgado bo‘lajak prezident Andres Manuel Lopas Obradorning «Tarixni birgalikda yaratamiz» kaolitsiyasidan mer bo‘lgan edi.

Delgado kuni kecha Meksikada otib ketilgan uchinchi davlat xodimi bo‘ldi.

Avvalroq Xalesko shtati «Morena» partiyasidan saylangan Tlakepake shahri meri maslahatchisi va Oaxaka shtatining  qishloq mulklari jamiyati komissari San-Migel-Chimalapas ham otib ketilgan.

So‘nggi yillarda Meksikada giyohvandlikka oid juda ko‘plab jinoyatlar kuzatilyapti.

Meksikada so‘nggi marta o‘tkazilgan saylovoldi kompaniyalarida 520 nafar siyosatchi va davlat xizmatchisi o‘ldirib ketilgan edi.

Prezidentlik saylovlarida g‘alaba qozongan Andres Manuel Lopes Obrador bunday kuchlarga qarshi jiddiy kurashish zarurligini aytgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring