Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada noqonuniy migrantlarga bank kartasi ochish, pul o‘tkazish, nikohdan o‘tish taqiqlanishi mumkin

Rossiyada noqonuniy migrantlarga bank kartasi ochish, pul o‘tkazish, nikohdan o‘tish taqiqlanishi mumkin

Foto: Sputnik

Rossiyada noqonuniy migrantlarga ayrim xizmat ko‘rsatishni taqiqlashni nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqdi. RF IIV migratsiya masalalari bo‘yicha bosh boshqarmasi boshlig‘i Valentina Kazakovaning aytishicha, hujjat yaqin orada ko‘rib chiqilishi uchun Rossiya Davlat dumasiga kiritiladi.

“Qonun loyihasi noqonuniy migrantlarga bank hisob-raqamini ochish, ya’ni pul o‘tkazish yo‘li yopiladi, transport vositasini ro‘yxatdan o‘tkazish, nikoh va biror bir mulkni ro‘yxatdan o‘tkazish kabi xizmatlarni ko‘rsatishni taqiqlashni nazarda tutadi”, – deya ta’kidlagan Rossiya IIV mulozimi.

Rasmiylar bunday choralar noqonuniy migrantlarni aniqlash va ularni Rossiyadan chiqarib yuborishga ko‘maklashishiga umid qilmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring