Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvadagi terakt sabab 21 yoshli shaxs qo‘lga olindi

Moskvadagi terakt sabab 21 yoshli shaxs qo‘lga olindi

Rossiyada Xavfsizlik kuchlari Crocus City Hall’dagi terakt ishiga aloqador yana bir shaxsni hibsga oldi. Bu Tojikiston fuqarosi Jumoxon Qurbonovdir. Bu haqda RBKga Ichki ishlar vazirligiga yaqin manba tasdiqladi.

Qo‘lga olingan shaxs 2003-yilda tug‘ilgan. U Rossiya Jinoyat kodeksi, 205-qism 3-bandi asosida (Odamning qasddan o‘limiga olib kelgan terrorchilik harakatini sodir etish) ayblanmoqda.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil 22-mart kuni Moskva viloyatida yirik terakt sodir etildi. Oqibatda 144 kishi halok bo‘ldi, 350 nafardan oshiq inson jabrlandi. 

Hodisa sabab o‘ndan oshiq gumonlanuvchi ushlandi, ularning aksariyati Tojikiston fuqarolari sanaladi. 

Avvalroq Rossiya rahbari Vladimir Putin terakt sabab o‘ch olish haqida gapirgandi. Krokusdagi terakt uchun javobgarlikni «Viloyati Xuroson» tashkiloti o‘z zimmasiga olgandi. Biroq Rossiya Bosh prokuraturasi ishda «Ukraina izi» borligini da’vo qilmoqda. Rossiya prezidenti ham bu teraktda Ukrainani aybdor qilishga urinib keladi. AQSh va Ukraina rasmiylari esa Kiyevning teraktga aloqadorligini keskin rad etib keladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring