Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Moskvadan Yerevanga uchayotgan samolyotda bomba borligi aytildi

Moskvadan Yerevanga uchayotgan samolyotda bomba borligi aytildi

Moskvaning Sheremetevo aeroportidan parvoz qilishi kerak bo‘lgan samolyot bortida bomba borligi haqida xabar kelib tushgan.

Ma’lum qilinishicha, Yerevanga uchayotgan yo‘lovchi ayol ryukzagida bomba borligini aytdi.

Hodisa haqida mamlakat xavfsizlik kuchlariga yaqin telegram kanallari xabar berdi. Keyinroq RIA nashri aeroport matbuot xizmati bayonotiga tayanib tasdiqladi.

OAV ma’lumotlariga ko‘ra, gap 14:30 da parvoz qilishi kerak bo‘lgan reys haqida ketmoqda.

«Zarur choralar ko‘rilmoqda. Biz, hozircha, hodisaning o‘zini tasdiqlaymiz», – deya aeroport vakilidan iqtibos keltiradi RIA.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring