Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

OAV: Nazarboyevning jiyani ishdan haydalmagan

OAV: Nazarboyevning jiyani ishdan haydalmagan

Qozog‘iston Milliy xavfsizlik qo‘mitasi(QMXQ) raisining birinchi o‘rinbosari Samat Abish ta’tilda, Qozog‘iston MXX raisining birinchi o‘rinbosari lavozimini egallashda davom etmoqda. Bu haqda Tengrinews.kz ma’lum qildi.

Samat Abish Qozog‘istonning birinchi prezidenti Nursulton Nazarboyevning jiyani.

Avvalroq Qozog‘iston maxsus xizmati Abishning ishdan bo‘shatilishi haqidagi ma’lumotlarni bir necha bor rad etgan edi.

6-yanvar kuni QMXQning hozirda sobiq rahbari Karim Masimov davlatga xiyonatda ayblanib hibsga olingan edi. Bir kun avval uning ikki o‘rinbosari – «A» maxsus xizmati boshlig‘i Anuar Sadikulov va qo‘mita raisi o‘rinbosari Daulat Yergojin hibsga olingan. Ularning barchasi hokimiyatni zo‘ravonlik bilan egallab olish va vakolatlarini suiiste’mol qilishda gumon qilinmoqda.

Davlat rahbari Qosim-Jomart To‘qayev 11 yanvar kuni parlament majlisida so‘zlagan nutqida mamlakatdagi tartibsizliklar va terrorchilarning bosqinchilik harakatlari davrida maxsus xizmatlarning faoliyatini tanqid qilgan edi.

«QMXQ vakolatli organ sifatida bu qo‘poruvchilik ishiga aniq baho bera olmadi va berishni ham istamadi, milliy xavfsizlikka jiddiy tahdidni ko‘rmadi», — degan davlat rahbari.

Prezidentning so‘zlariga ko‘ra, mamlakatning ayrim hududlarida Milliy xavfsizlik qo‘mitasining boshqarma boshliqlari yetarlicha harbiy arsenalga ega bo‘lishiga qaramay, harbiy xizmat binolarini jangga qatnashmasdan, qurol-yarog‘ va maxfiy hujjatlarni u yerda qoldirib tashlab ketishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring