OAV: Putin va Tramp qachon uchrashishi aniq bo‘ldi

Rossiya prezidenti Vladimir Putin va AQSh rahbari Donald Trampning uchrashuvi kelasi hafta oxirida kutilishi mumkin. Bu haqda manbaga asoslanib, TASS xabar berdi.
TASS xabari e’lon qilinishidan biroz avval Sky News va NBC telekanallari Oq uyning yuqori martabali mulozimiga tayanib, xuddi shu haqda xabar berishdi.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning uchrashuvda ishtirok etishi hozircha noma’lum. Ikki prezidentning uchrashuvi aynan qayerda bo‘lib o‘tishi ham noma’lum. Avvalroq ular Italiya poytaxtida uchrashishi haqida gaplar tarqalgandi, bu tasdiqlanmadi.
Bloomberg agentligiga ko‘ra, Rossiya va AQSh rasmiylari ushbu uchrashuv uchun “hududlar bo‘yicha kelishuv” tayyorlamoqda. Agentlik manbalarining iddao qilishicha, Moskva Ukrainadan hududiy yon berish evaziga armiyaga Xerson va Zaporoje viloyatlaridagi hujumlarini to‘xtatishga buyruq berishi mumkin.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter