Olimlar: Quyoshda juda kuchli toifada chaqnash yuz berdi
Rossiyaning Fedorov nomidagi Amaliy geofizika instituti xabar berishicha, bugun Quyoshda yuqori toifali chaqnash qayd etildi.
«24-aprel kuni 4419-quyosh dog‘lari guruhidagi (N17W71) rentgen diapazonida 17 daqiqa davom etgan X 2.5 chaqnashi qayd etildi», deyiladi institut bayonotida.
Avvalroq Kosmik tadqiqotlar institutining Quyosh astronomiyasi laboratoriyasi va Rossiya Fanlar akademiyasining Quyosh-Yer fizikasi instituti Quyoshda deyarli 2,5 oy ichida birinchi marta eng kuchli X toifali chaqnash qayd etilganini e’lon qilishgandi.
Olimlarning fikriga ko‘ra, chaqnash katta plazma otilishi bilan birga bo‘lgan. Bu hodisa Yer uchun neytral bo‘lishi ehtimoli yuqori, faqat plazma bulutining chekkasi sayyorani qamrab olishi mumkin.
«Hozirda faollikning pasayishi belgilari yo‘q. Kun davomida keyingi yirik hodisalar bo‘lishi mumkin», deb ta’kidladi laboratoriya.
Quyoshdagi chaqnashlar rentgen nurlanishining intensivligiga qarab besh toifaga bo‘linadi: A, B, C, M va X. Bular orasida M sinfidagi chaqnashlar kuchli hisoblanadi va Yerda radio shovqinlarga va ehtimoliy geomagnit bo‘ronlarga olib kelishi mumkin.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter