Pokiston Kobulga havo hujumi uyushtirdi: 400 dan ortiq qurbon haqida xabar berildi
Afg‘oniston hukumati Kobuldagi narkologik reabilitatsiya markaziga qilingan aviahujum oqibatida kamida 400 kishi halok bo‘lgani, yana 250 nafar yaralanganini ma’lum qildi.
Taliblar hukumati vakili Hamdullo Fitratning aytishicha, zarba dushanba kuni mahalliy vaqt bilan soat 21:00 da 2000 o‘rinli davlat klinikasiga berilgan. Uning so‘zlariga ko‘ra, binoning katta qismi vayron bo‘lgan va qurbonlar soni yana oshishi mumkin.
Pokiston esa bu ayblovlarni rad etib, zarbalar tibbiy muassasalarga emas, balki «harbiy obyektlar va terroristlar infratuzilmasiga» qaratilganini bildirdi. Rasmiy Islomobod hujumlar aniq rejalashtirilganini va tinch aholiga zarar yetkazmaslikka harakat qilinganini ta’kidladi.
Ikki davlat o‘rtasidagi keskinlik fevral oyidan beri kuchaygan. Pokiston Afg‘onistonni «Tehrik-ye Tolibon Pokiston» jangarilarini qo‘llayotganilikda ayblamoqda, Kobul esa buni inkor etyapti.
BMT ma’lumotlariga ko‘ra, 26 fevraldan beri davom etayotgan to‘qnashuvlarda kamida 75 kishi halok bo‘lgan, 193 nafar yaralangan.
Xitoy esa vaziyatni yumshatish maqsadida vositachilik qilmoqda va har ikki tomonni tezroq o‘t ochishni to‘xtatishga chaqirgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter