Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Portugaliyada prezident kim bo‘lishi oydinlashdi

Portugaliyada prezident kim bo‘lishi oydinlashdi

Foto: ERR

Portugaliya prezidentligi uchun saylovda Sotsialistik partiyadan nomzod Antoniu Joze Seguru yetakchilik qilmoqda.

Saylovning ikkinchi turida byulletenlarning 99 foizdan ortig‘i ko‘rib chiqilganidan so‘ng unga saylovchilarning 66,82 foizi ovoz bergani ma’lum bo‘ldi.

O‘ta o‘ng qanot Chega partiyasi yetakchisi Andre Ventura 33,18 foiz ovoz to‘plagan. Prezidentlik saylovining yakuniy natijalari barcha tekshirish jarayonlari tugallanganidan so‘ng e’lon qilinadi.

Amaldagi prezident Marselu Rebelu di Soza 2016-yildan buyon Portugaliyani boshqarib kelmoqda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring