Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Qirg‘iz OTMlaridan 20 mingdan ortiq talaba chetlashtirildi

Qirg‘iz OTMlaridan 20 mingdan ortiq talaba chetlashtirildi

Qirg‘iziston maxsus xizmatlari o‘tkazgan korrupsiyaga qarshi tekshiruvdan so‘ng 20 mingdan ortiq talaba, jumladan xorijliklar oliy ta’lim muassasalaridan haydaldi

"Qirg‘iziston oliy ta’lim tizimida korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha olib borilayotgan chora-tadbirlar doirasida Milliy xavfsizlik davlat qo‘mitasi respublika oliy o‘quv yurtlarida tizimli qonunbuzarlik holatlarini aniqladi.

Natijada butun mamlakat bo‘ylab 20 mingdan ortiq talaba o‘qishdan chetlashtirildi, ulardan 13 ming 295 nafari oliy o‘quv yurtlaridan haydaldi”, — deyiladi Qirg‘iziston Milliy xavfsizlik boshqarmasi matbuot xizmati. 

Agentlik ma’lumotlariga ko‘ra, Pokiston, Hindiston, Bangladesh, O‘zbekiston, Tojikiston va boshqa mamlakatlardan kelgan xorijlik talabalar asosan O‘sh va Bishkek shaharlaridagi tibbiyot bilim yurtlarida tahsil oladi. 

"Aslida o‘quv jarayonida ishtirok etmagan, lekin talabalar ro‘yxatiga kiritilgan o‘quvchilar aniqlandi. Mazkur faktlar asosida Qirg‘iziston Jinoyat kodeksining “Xizmat hujjatlarini qalbakilashtirish” moddasida nazarda tutilgan jinoyat bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atildi", — deya ta’kidladi maxsus xizmat. Aniqlangan huquqbuzarliklarga aloqador ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va boshqaruv xodimlari orasidan shaxslar doirasini aniqlashga qaratilgan tergov-tezkor tadbirlari davom etmoqda, deya qo‘shimcha qildi matbuot xizmati.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring