Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rossiyada gaz portlashidan ko‘p qavatli uyning bir qismi quladi. Vayronalar ostida odamlar qolgan

Rossiyada gaz portlashidan ko‘p qavatli uyning bir qismi quladi. Vayronalar ostida odamlar qolgan

Rossiyaning Nijniy Tagilda gaz portlashi oqibatida uyning qisman qulashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldi, 12 kishi, jumladan, olti nafar bola tan jarohati oldi.

Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, 12 ta xonadon qulab tushgan. Vayronalar ostida hali odamlar borligi aytilmoqda.

Qulagan va qo‘shni uylardan 70 nafar kishi evakuatsiya qilingan.

Hodisa joyida qutqaruvchilar va tez tibbiy yordam brigadalari ishlashmoqda.

Tergov qo‘mitasi hodisa bo‘yicha jinoiy ish qo‘zg‘atdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring