Sobiq prezidentning uyiga o‘g‘ri tushdi
Fransua Olland.
Fransiyaning sobiq prezidenti Fransua Ollandning Parijdagi uyiga o‘g‘ri tushgani haqida BFMTV telekanali xabar berdi.
22-noyabr kuni ikki nafar jazoirlik Olland va rafiqasi Jyuli Gayega qarashli uyni tunagan. Ular boshqa buyumlar qatorida sobiq prezidentning soatini ham o‘g‘irlashgan.
Oradan bir hafta o‘tib, politsiya o‘g‘rilarni ushladi. O‘g‘irlangan barcha narsalar Ollandga qaytarilgan. Sobiq prezidentga yaqin manbalarga qaraganda, politsiyaning sa’y-harakatlari sababli yanada jiddiyroq oqibatlarning oldi olindi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter