Tramp AQSh harbiy budjetini 1,5 trln dollargacha yetkazmoqchi
AQSh prezidenti Donald Tramp mamlakatning 2027-yilgi harbiy budjeti 1 trln dollar emas, balki 1,5 trln dollarni tashkil etishi kerakligini ta’kidladi.
Aytilishicha, bu AQSh xavfsizligini ta’minlovchi va har qanday raqibdan mudofaa qila oluvchi «orzu armiyasi»ni yaratish imkonini beradi.

«Senatorlar, Kongress a’zolari, vazirlar va boshqa siyosiy vakillar bilan uzoq va murakkab muzokaralardan so‘ng shunday xulosaga keldimki, mamlakatimiz manfaati uchun, ayniqsa, hozirgi o‘ta tashvishli va xavfli davrda, 2027-yilgi harbiy budjet 1 trln dollar emas, balki 1,5 trln dollarni tashkil etishi kerak», — deb yozdi Tramp Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida.
Ma’lumot uchun: AQShning 2026 yilgi harbiy xarajatlari uchun Kongress 900 mlrd dollardan ziyod mablag‘ ajratgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter