Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp: AQSh NATO uchun boshqa davlatlardan ancha ko‘p mablag‘ sarflayapti

Tramp: AQSh NATO uchun boshqa davlatlardan ancha ko‘p mablag‘ sarflayapti

AQSh prezidenti Donald Tramp NATOda mudofaa xarajatlari bo‘yicha yana ittifoqdosh davlatlarni tanqid qildi. Uning ta’kidlashicha, Amerika Qo‘shma Shtatlari alyans doirasida boshqa har qanday davlatga nisbatan bir necha barobar ko‘proq mablag‘ sarflamoqda.

Tramp keltirgan raqamlarga ko‘ra, 2014–2025 yillar davomida AQShning mudofaa xarajatlari 999 milliard dollarni tashkil etgan. Keyingi o‘rinlarda Buyuk Britaniya – 90,5 milliard dollar, Fransiya – 66,5 milliard dollar, Italiya – 48,8 milliard dollar va Polsha – 44,3 milliard dollar qayd etilgan.

«Qolgan davlatlar, jumladan Germaniya, bundan ham ancha kam mablag‘ sarflamoqda. Bu kulgili holat», — dedi Tramp.

NATOning rasmiy ma’lumotlariga ko‘ra, AQSh haqiqatan ham alyansda eng katta mudofaa budjetiga ega. Biroq bu mablag‘lar faqat NATO ehtiyojlariga emas, balki Vashingtonning butun dunyodagi harbiy majburiyatlari va operatsiyalarini ham qamrab oladi. NATOning umumiy ma’muriy budjeti esa a’zo davlatlar o‘rtasida alohida formula asosida taqsimlanadi va unda AQSh ulushi umumiy budjetning taxminan 16 foizini tashkil etadi. 

So‘nggi yillarda Tramp bosimi ostida Yevropa davlatlari mudofaa xarajatlarini bosqichma-bosqich oshirmoqda. 2025-yilgi Gaaga sammitida NATOga a’zo davlatlar 2035-yilga qadar mudofaa va xavfsizlik bilan bog‘liq xarajatlarni YaIMning 5 foiziga yetkazish bo‘yicha yangi maqsadni ma’qullagan edi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring