Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp AQShning Eronga so‘nggi hujumi qanchaga tushganini aytdi

Tramp AQShning Eronga so‘nggi hujumi qanchaga tushganini aytdi

Foto: Reuters

11-iyun kechasi AQSh harbiylari Eron nishonlariga katta zarba berdi. AQSh prezidenti Donald Tramp Fox News telekanaliga bergan intervyusida ishlatilgan o‘q-dorilarning narxi 250 million dollarni tashkil etganini aytdi.

«Biz kecha ularga 250 million dollarlik bomba tashladik. Bu aql bovar qilmaydigan jarayon», dedi Tramp. Hujumlar boshlanganidan ko‘p o‘tmay, u 49 ta Tomohawk raketalaridan foydalanilganini tilga oldi.

Foydalanilgan o‘q-dorilar haqida boshqa tafsilotlar mavjud emas. 

AQSh Markaziy qo‘mondonligi (CENTCOM) bayonotiga ko‘ra, zarbalar Eron razvedka, aloqa va havo mudofaasi tizimlariga qaratilgan edi. Eron harbiy shtab-kvartirasi Yaqin Sharqdagi 18 ta AQSh nishoniga hujum qilib, Ho‘rmuz bo‘g‘ozini to‘liq blokada qilganini e’lon qildi. 

Hujum tugaganidan bir necha soat o‘tgach, Donald Tramp hujumlar davom etishi mumkinligini aytdi. Bundan tashqari, AQSh tez orada Xarg orolini va Eronning boshqa muhim neft infratuzilmasini egallab olishi mumkin.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring