Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Tramp Eron bilan savdo qiluvchi mamlakatlarga 25 foizli boj joriy qildi

Tramp Eron bilan savdo qiluvchi mamlakatlarga 25 foizli boj joriy qildi

AQSh prezidenti Donald Tramp Eron Islom Respublikasi bilan biznes yuritayotgan davlatlarga nisbatan 25 foizlik boj joriy etilishini ma’lum qildi. Bu haqda u Truth Social ijtimoiy tarmog‘ida yozib qoldirdi.

Prezidentning ta’kidlashicha, Eron bilan hamkorlik qiluvchi har qanday mamlakat AQSh bilan amalga oshiradigan barcha savdo operatsiyalari uchun 25 foiz miqdorida boj to‘laydi. Tramp mazkur qarorni «yakuniy va qayta ko‘rib chiqilmaydigan» deb atadi.

Qarorning aniq tafsilotlari ochiqlanmadi. The Washington Post nashri qayd etishicha, yangi tariflar mavjud amerikalik bojlarga qo‘shimcha ravishda joriy etiladimi yoki yo‘qmi — hozircha aniq emas. Gazeta so‘rov o‘tkazgan iqtisodchilarga ko‘ra, agar bojlar qo‘shimcha tarzda qo‘llanilsa, bu AQSh iqtisodiyoti uchun sezilarli salbiy oqibatlarga olib kelishi mumkin.

Bloomberg ma’lumotiga ko‘ra, Eronning asosiy savdo hamkorlari orasida Hindiston, Xitoy va Turkiya bor.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring