Tramp Nyu-Yorkda Eron prezidenti bilan uchrashmoqchiligini aytdi
AQSh prezidenti Donald Tramp 22-28-sentyabr kunlari Nyu-Yorkda bo‘lib o‘tadigan BMT Bosh Assambleyasida Eron prezidenti Mas’ud Pezeshkiyon bilan uchrashishi mumkinligini aytdi, deb xabar beradi Fox News jurnalisti Trey Yingst.
«U Pezeshkiyon bilan uchrashish imkoniyatiga ochiq bo‘lishini aytdi», dedi jurnalist. Mazkur ma’lumot jurnalistning X ijtimoiy tarmoq akkauntida chop etildi. Muxbir bilan suhbatda Amerika prezidenti yaqin kelajakda AQSh-Eron mojarosi bilan bog‘liq «juda muhim o‘zgarishlar» yuz berishini ta’kidladi.
BMT Bosh Assambleyasining asosiy debatlari 22-26-sentyabr kunlari bo‘lib o‘tadi. Unda Donald Tramp nutq so‘zlaydi. AQShning BMTdagi doimiy vakili Mayk Valtsning so‘zlariga ko‘ra, Amerika prezidenti «Eron hech qanday holatda yadroviy qurolga ega bo‘lmasligi kerakligi haqida aniq bayonot» beradi.
Eron tomoni esa muzokaralarni qayta boshlash shartlarini AQShga yetkazganini va Trampning javobini kutayotganini ma’lum qildi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter