Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Tramp To‘qayevni «Tinchlik kengashi»ga taklif qildi

Tramp To‘qayevni «Tinchlik kengashi»ga taklif qildi

Foto: Akorda.kz

AQSh prezidenti Donald Tramp o‘z tashabbusi bilan tuzilayotgan yangi xalqaro tuzilma — «Tinchlik kengashi» (Board of Peace)ga prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev va Qozog‘istonni taklif qildi. Bu haqda Qozog‘iston prezidentining yordamchisi va matbuot kotibi Ruslan Jeldibay ma’lum qildi.

«Prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev jahon yetakchilari orasida birinchilardan bo‘lib Tinchlik kengashiga a’zo bo‘lish, Qozog‘iston esa ta’sischi davlatlardan biri bo‘lishi uchun rasmiy taklif oldi. Bunga javoban davlat rahbari AQSh prezidentiga samimiy minnatdorlik bildirib, ushbu yangi uyushma tarkibiga kirishga rozilik bildirilgan maktub yo‘lladi», — dedi Ruslan Jeldibay.

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tramp «Tinchlik kengashi»ga raislik qiladi, tashkilotga kimlar a’zo bo‘lishi ham shaxsan uning ixtiyorida. Kengashga taklif etilgan davlatlar uch yilgacha a’zo bo‘lishi mumkin. Ammo agar davlat birinchi yil ichida kengash jamg‘armasiga 1 milliard dollardan ortiq mablag‘ kiritsa, unga doimiy a’zolik kafolatlanadi.

Kengashga kirish rasman bepul, ammo katta moliyaviy hissa qo‘shgan davlatlar cheklovlarsiz doimiy maqomga ega bo‘ladi. Yig‘ilgan mablag‘lar asosan G‘azo sektori infratuzilmasini tiklashga yo‘naltirilishi rejalashtirilgan. Manba ta’kidlashicha, «deyarli har bir dollar» maqsadli sarflanishi nazorat qilinadi.

Ustavga muvofiq, kengash qarorlari «bir davlat — bir ovoz» tamoyili asosida qabul qilinadi, ammo barcha qarorlar yakuniy tarzda rais tomonidan tasdiqlanadi.

AQSh prezidenti G‘azo bo‘yicha tinchlik kengashi ta’sischisi bo‘lish uchun bir qator davlatlar rahbarlariga taklif yuborgan. Argentina, Vengriya, Turkiya, Pokiston, Misr, Iordaniya, Qatar va Italiya tegishli takliflarni olganini tasdiqladi va ularni qabul qilishga rozilik bildirgan. Taklifnomalar Fransiya, Germaniya va BAA yetakchilariga ham yuborilgan, biroq hozircha ulardan rasmiy tasdiq kelmagan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring