Turkiya: NATO tizimlari O‘rta yer dengizi ustida Eron raketasini yo‘q qildi
Eron tomonidan uchirilgan ballistik raketa O‘rta yer dengizning sharqiy qismida NATO havo mudofaa tizimlari tomonidan yo‘q qilingan. Anadolu axborot agentligining ma’lum qilishicha, raketa parchalari Xatay viloyatining Do‘rtyol tumaniga tushgan.
Turkiya Milliy mudofaa vazirligi ma’lumotiga ko‘ra, raketa Turkiya tomon yo‘nalish olgan bo‘lib, Suriya va Iroq hududlari ustidan uchib o‘tganidan keyin yo‘q qilingan. Hodisa natijasida jabrlanganlar yo‘q.
Shu bilan birga, Eron harbiylari Turkiya tomon raketa uchirilganini rad etdi. Bu haqda Reuters agentligi Eron davlat ommaviy axborot vositalariga tayanib xabar qildi.
Eron rasmiylari bayonotida mamlakat Turkiya suverenitetini hurmat qilishi va uning hududiga qarshi hech qanday raketa uchirilmagani ta’kidlangan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter