Venesuelada zilzila qurbonlari soni 2 295 nafarga yetdi
Venesuelada yuz bergan kuchli zilzilalar oqibatida halok bo‘lganlar soni 2 295 nafarga yetdi. Bu haqda mamlakat parlamenti raisi Xorxe Rodriges ma’lum qildi. Shuningdek, 11 mingdan ortiq kishi jarohatlangan.
Prezident vakolatlarini bajaruvchi Delsi Rodriges halok bo‘lganlar xotirasiga mamlakat bo‘ylab yetti kunlik milliy motam e’lon qildi. Uning so‘zlariga ko‘ra, vayronalar ostida hali ham tirik qolganlar bo‘lishi mumkin va qutqaruv ishlari to‘xtatilmaydi.
Eng katta talofat La-Guayra shtatida kuzatilgan. Bu yerda ko‘plab davlat idoralari binolari vayron bo‘lgan va mahalliy amaldorlarning katta qismi halok bo‘lgani xabar qilinmoqda. Qutqaruvchilar vayronalarni tozalash va tirik qolganlarni izlash ishlarini davom ettirmoqda.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter