Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe vafot etdi

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe vafot etdi

Yaponiyaning sobiq bosh vaziri Sindzo Abe o‘ziga uyushtirilgan suiqasd natijasida 67 yoshida vafot etdi.

Abe mamlakat g‘arbidagi Nara shahrida saylovoldi tashviqoti chog‘ida nutq so‘zlayotganida bir erkak qo‘lbola quroldan unga qarata o‘t ochgan.

O‘t uzgan kishi Yaponiya mudofaa kuchlarining sobiq dengizchisi, 40 yoshli Tesuya Yamagamidir. Sobiq harbiy qora lenta bilan o‘ralgan qo‘lbola miltiqdan Abening orqa qismiga ikki marta o‘q uzgan.

Sindzo Abe 2006-2007 va 2012-2020-yillarda Yaponiya bosh vaziri bo‘lgan va mamlakat tarixidagi eng uzoq muddat bosh vazirlik qilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring