Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Putinning Ukraina urushidagi asosiy xatosi aytildi

Putinning Ukraina urushidagi asosiy xatosi aytildi

2022 yil 24 fevral kuni Ukrainaga bostirib kirgan Rossiya qo‘shinlarini boshqaruvchi yagona qo‘mondon tayinlanmagan edi. AQShning Urushni o‘rganish instituti (ISW) xulosasiga ko‘ra bu prezident Vladimir Putinning Ukraina urushidagi asosiy xatolaridan biri sanaladi.

Qayd etilishicha, Putin Ukrainada qisqa muddatga uzil-kesil g‘alaba qozonishga shu qadar qattiq ishonganki, turli harbiy bo‘linmalarning harakatini muvofiqlashtiruvchi yagona qo‘mondon tayinlamagan. Qolaversa, Rossiya prezidenti tezkor g‘alabaga harbiy qo‘mondonlarning sherik bo‘lishini istamagan. Ukrainadagi zafar oliy bosh qo‘mondonning, ya’ni Putinning shaxsiy xizmati o‘laroq taqdim etilishi rejalashirilgan.

ISW ekspertlari vaziyat Ikkinchi jahon urushi davrida sho‘ro «dohiy»si Iosif Stalin va marshal Georgiy Jukov o‘rtasidagi munosabatlarni yodga solishini qayd etgan.

«Stalin mahdud va nomatlub harbiy tajribasi ega edi. Shu sabab u Jukovning shuhratiga g‘ashlik bilan qaragan. Putinning esa umuman harbiy tajribasi yo‘q. Bu omil uning hujumga mas’ul qo‘mondon tayinlamaslikka undagan. Chunki bu hol kutilayotgan g‘alabada Putinni orqa planga surishi mumkin edi», – deyiladi  ISW tahlilida.

Faqat 2022 yil aprel oyidagina, tezkor g‘alaba haqidagi gaplar sarob ekani ma’lum bo‘lgach, general Aleksandr Dvornikov Ukrainadagi qo‘shinlar qo‘mondoni etib tayinlangan. Ammo u bu lavozimda bir oy ham faoliyat yuritmadi. Keyin qo‘mondon va harbiy komandirlar tez-tez almashtirildi. Bu esa qo‘shin orasida parokandalikni kuchaytirdi, deb xulosa qiladi Urushni o‘rganish instituti.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring