Andijonda o‘zini osgan bog‘cha mudirasi kasalxonada vafot etdi
Andijon viloyati Baliqchi tumanidagi maktabgacha ta’lim muassasasi mudirasi o‘z joniga qasd qilgani xabari berilgan edi.
Ayolning o‘z yashash xonadonida o‘zini osganiga ustiga kelib qolgan yaqinlarining harakatlari natijasida u xushsiz holda kasalxonaga yotqizilgani, shifokorlar uning hayoti uchun kurashayotganidan ham boxabarsiz.
Manbamizga ko‘ra, kecha mudira kasalxonada vafot etdi.
Mudiraning o‘z joniga qasd qilgani holati bo‘yicha 4-maydayoq (voqelik sodir bo‘lgan kun) prokuratura tomonidan tergovga qadar teshirish harakatlari boshlangan edi.
Tergovga qadar tekshirish ishlari hali yakunlangani yo‘q. Bosh prokuratura matbuot xizmatiga ko‘ra, mudiraning o‘z joniga qasd qilishi va ikki haftadan so‘ng vafot etganiga oid urchigan gap-so‘zlarga oydinlik kiritilgach, barchasiga huquqiy baho beriladi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter