Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bayroq taqib yurgan yigitga qo‘llanilgan jazo bekor qilindi

Bayroq taqib yurgan yigitga qo‘llanilgan jazo bekor qilindi

5-may kuni Qashqadaryoning Qamashi tumanida O‘zbekiston Respublikasining Davlat bayrog‘i rangidagi tasmani taqib yurgan yigitga nisbatan ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida ish qo‘zg‘atish haqida qaror qabul qilingan.

Ushbu qaror tarmoqda ko‘plab muhokamalarga sabab bo‘ldi.

Jumladan Oliy Majlis Qonunchilik palatasining Xalqaro ishlar va parlamentlararo aloqalar qo‘mitasi raisining o‘rinbosari Qodir Jo‘rayevga ko‘ra, «yigitni jazolash emas, ota-onasiga rahmat aytish kerak».

Natijada, Bosh prokuratura aralashuvi bilan yigitga nisbatan qo‘llanilgan ushbu noqonuniy qaror bekor qilinishi ta’minlandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring