Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

YPX xodimi «kattakon»ning buyrug‘i bilan jarimaga tushgan «Malibu»ni qo‘yib yubordi. Xo‘sh?

YPX xodimi «kattakon»ning buyrug‘i bilan jarimaga tushgan «Malibu»ni qo‘yib yubordi. Xo‘sh?

Videodan skrinshot. 

Tarmoqda Toshkent viloyatining Olmaliq shahrida sodir bo‘lgan YPX xodimi va qora «Malibu» voqeasi aylanmoqda. Unga ko‘ra, jarima yozayotgan xodim boshlig‘i buyrug‘i sabab qoidabuzarni qo‘yib yuborishga majbur bo‘lgan. 

Toshkent viloyati IIBB matbuot kotibi Bobur To‘laganov hodisa yuzasidan munosabat e’lon qildi. 

«Toshkent telekanali «Poytaxt yo‘llari» ko‘rsatuvi orqali efirga uzatilgan Olmaliq shahrida YPX inspektori bilan bo‘lgan voqea ijtimoiy tarmoqlardagi deyarli barcha faollar tomonidan muhokamaga qo‘yilmoqda.

Holat yuzasidan yozilayotgan izohlarning asosiy qismini qo‘llab quvvatlayman.

Ya’ni, quyi tizimda, quyosh tig‘ida kun bo‘yi xizmat qilayotgan inspektor qoida buzgan haydovchini to‘xtatsa-yu, u hozir senga ko‘rsataman deb boshini balandi qilib o‘tirsa.

Qo‘p o‘tmay inspektorga yuqoridan chiqib, (qoidabuzar) «haydovchidan uzr so‘rab, qo‘yib yubor. Oq yo‘l tila» deyilishi shu inspektorning shashtini, ishchanlik obro‘sini, yoyinki g‘ururini sindiradi»,— deyiladi unda.

Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi matbuot kotibi Durdona Ochilova ham voqeani chetda qoldirmadi. Ochilovaga ko‘ra, «agentlik tomonidan mazkur holat yuzasidan huquqiy baho berish uchun O‘zbekiston Respubikasi Ichki ishlar vazirligiga tegishli murojaat yuborildi.

O‘rganish yakunlanganidan so‘ng qo‘shimcha ma’lumot taqdim etiladi».

«Har yili yo‘llarda qoidabuzarlar sababli minglab insonlar o‘lmoqda. Va mana shuncha insonning halok bo‘lishiga shunaqa o‘zini qonundan ustun deb biladigan «kattakon amaldorlar» hamda o‘zlari qonunlarni oyoq osti qiladigan yo‘l harakati xavfsizligi rahbarlari ham sababchi»,- deya achinib yozdi huquqshunos Xushnudbek Xudoyberdiyev. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring