Android qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×
IOS qurilmalar uçun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab oliş ×

Ukraina xavfsizligi va hududiy yaxlitligi kafolatlanishi kerak – Uitkoff

Ukraina xavfsizligi va hududiy yaxlitligi kafolatlanishi kerak – Uitkoff

AQSh prezidentining maxsus vakili Stiv Uitkoff Abu-Dabida Ukraina va Yevropa vakillari bilan bo‘lib o‘tgan uchrashuvda Ukrainaning xavfsizlik kafolatlari muhokama qilinganini ma’lum qildi.

Uning ta’kidlashicha, Rossiya va Ukraina o‘rtasida urushdan keyingi tartibga oid kelishuvlar Ukrainaning suvereniteti, hududiy yaxlitligi va xavfsizlik kafolatlarini hurmat qilishi lozim.

Reuters xabar berishicha, uchrashuvda urushdan keyin Yevropadagi xavfsizlik tizimini rivojlantirish va yangi mojarolar kelib chiqishining oldini olish masalalari ham ko‘rib chiqilgan. 

Mazkur uchrashuv Abu-Dabida Rossiya, Ukraina va AQSh o‘rtasida boshlangan uch tomonlama muzokaralardan oldin o‘tkazilgan.

Buyuk Britaniya, Fransiya, Germaniya, NATO va Yevropa komissiyasi vakillari asosiy muzokaralarda qatnashmayapti. Biroq AQSh keyingi uchrashuvlarga Yevropa vakillarini ham jalb etish tarafdori ekani aytilmoqda.

 

Izohlar 0

Izoh qoldiriş uçun saytda röyxatdan öting

Kiriş

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring