Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zsanoatqurilishbank qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun yangi kreditlar taklif qilmoqda

O‘zsanoatqurilishbank qurilish materiallari ishlab chiqaruvchilar uchun yangi kreditlar taklif qilmoqda

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 9-iyundagi «Hududlarning sanoat salohiyatini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi farmoni ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zsanoatqurilishbankda tizimli chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.

Farmonga muvofiq «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasi huzurida O‘zsanoatqurilishbank Boshqaruvi raisi rahbarligida Qurilish materiallari sanoatini rivojlantirish bo‘yicha kengash tashkil etilishi belgilandi.

Hujjat bilan, shuningdek, mamlakatimizning noruda minerallar xomashyo bazasini o‘zlashtirish imkoniyatlaridan to‘liq foydalanish maqsadida 24 ta tuman (shahar)ni qurilish materiallari ishlab chiqarishga ixtisoslashtirish, ushbu hududlarda zarur yer uchastkalarini ajratgan holda qurilish materiallarini ishlab chiqarish loyihalarini amalga oshirish maqsadida kichik sanoat zonalari tashkil etiladi.

Hukumat tomonidan ixtisoslashtirilgan tumanlarda sanoat infratuzilmasini rivojlantirish uchun 400 milliard so‘m, geologiya-qidiruv ishlarini olib borish uchun 100 milliard so‘m mablag‘ ajratiladi.

Bundan tashqari, Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi O‘zsanoatqurilishbankka qurilish materiallari sanoatidagi loyihalarni moliyalashtirish uchun 200 million AQSh dollari miqdorida kredit liniyasi ajratilishini ta’minlash vazifasi qo‘yildi.

Bugungi kunda O‘zsanoatqurilishbank tomonidan farmonda belgilangan chora-tadbirlarni ijrosini ta’minlash bo‘yicha keng ko‘lamli ishlar boshlab yuborildi. Jumladan, ixtisoslashtirilgan tumanlarda tadbirkorlar bilan kichik sanoat zonalarini tashkil qilish bo‘yicha muloqotlar o‘tkazilmoqda. Surxondaryo viloyatining Sariosiyo tumanida kichik sanoat zonasini tashkil etish ishlari boshlab yuborildi.

Bank filiallari qoshida konsalting markazlari faoliyati yo‘lga qo‘yildi, geolog, texnolog va loyihachilar jalb qilinib, hududlar imkoniyatlarini o‘rganishga kirishildi.

Sohani rivojlantirishda kredit resurslarining o‘rni alohida ahamiyat kasb etadi. Shu maqsadda O‘zsanoatqurilishbankda imtiyozli shartlarda yangi kredit turlari ishlab chiqildi.

Ushbu kreditlar Bankning yirik korporativ mijozlariga va  «O‘zsanoatqurilishmateriallari» uyushmasining  a’zolariga  quyidagi maqsadlarda beriladi:

- uskunalar sotib olish, asosiy vositalar va qurilishga – 2 yilgacha imtiyozli davr bilan 5 yil muddatga;

- aylanma kapitalni to‘ldirish – 18 oygacha muddatga.

Yuridik shaxs maqomi bo‘lgan kichik va o‘rta biznes kreditdan quyidagi maqsadlarda foydalanishi mumkin:

- uskunalar sotib olish, asosiy vositalar va qurilish ishlari uchun;

- aylanma kapitalning to‘ldirish.

Kreditlar tadbirkorlarga so‘m, AQSh dollari va yevroda taqdim etiladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring