Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

O‘zbekistonga Xitoydan mandarin va ananas importiga taqiq o‘rnatildi

O‘zbekistonga Xitoydan mandarin va ananas importiga taqiq o‘rnatildi

Xitoydan O‘zbekistonga import qilinayotgan mandarin va ananas mevalarini olib kirishda o‘simliklar karantini ob’yektlari muntazam ravishda aniqlanayotganligi sababli mazkur mevalar importiga vaqtinchalik taqiq o‘rnatildi.

O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi bergan ma’lumotga ko‘ra, Xitoydan import bo‘lgan mandarin va ananas partiyalaridan tegishli tartibda olingan namunalar Markaziy fitosanitariya laboratoriyasida eskpertizadan o‘tkazilgan. Tahlil natijalariga ko‘ra, namunalarda «Sitrus oq-qanoti» (Dialeurodes citri Ashmead), «Sharq sitrus qalqondori» (Unaspis yanonensis Kuwana), «Ananas unsimon qurti» (Dysmicoccus brevipes Cockerell) kabi karantin osti zararkunandalari aniqlangan.

«Mazkur turdagi zararli organizmlar 20 ga yaqin yukda topilgani ma’lum bo‘ldi.

Zararlangan mahsulotlar to‘g‘risida Xitoy davlatining o‘simliklar karantini va himoyasi bo‘yicha milliy tashkiloti ogohlantirilib, ma’lumotlar va tegishli hujjatlar taqdim etildi.

Taqiq o‘rnatilgan davrda Xitoy davlatidan olib kelinishi rejalashtirilayotgan mandarin va ananas mevalariga karantin ruxsatnomasini rasmiylashtirish vaqtincha to‘xtatildi», – deyiladi Agentlik axborotida.

Qayd etilishicha, mazkur chora vaqtincha bo‘lib, potensial xavf tug‘diruvchi o‘simliklar karantini ob’yektlarini O‘zbekiston hududiga kirib kelishi va tarqalishini oldini olish maqsadida o‘rnatilgan.

Manba: t.me

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring