Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Raqobat qo‘mitasi Uzum Market bo‘yicha chora ko‘rdi

Raqobat qo‘mitasi Uzum Market bo‘yicha chora ko‘rdi

Uzum Market bo‘yicha ijtimoiy tarmoqlarda qoldirilgan 100 dan ortiq murojaat ko‘rib chiqilgan.

Raqobat qo‘mitasi tomonidan ijtimoiy tarmoqlar orqali qoldirilgan 100 dan ortiq murojaatlarda “Uzum Market” MChJ XK tomonidan ko‘rsatilayotgan xizmatlarda ilovalarning yaxshi ishlamasligi, buyurtmalarni muddatida yetkazmaslik yoki unda xatolikka yo‘l qo‘yilayotgani, yetkazilgan tovarlardagi nuqsonlar va shartnomalarni bekor qilishdagi muammolar sabab tegishli choralar ko‘rdi.

Jumladan,

  • Noto‘g‘ri mahsulot yetkazilgan holat bo‘yicha fuqaroga pul qaytarildi
  • 1-guruh nogironligi bo‘lgan fuqaroga nogironlik aravasi yetkazildi
  • Fuqaroga nosoz changyutgichni to‘lovi qaytarildi
  • Kechikkan buyurtma masalasi hal etildi
  • Payvandlash uskunasi bo‘yicha muammo bartaraf etildi
  • Fuqaroga to‘g‘ri o‘lchamdagi kiyimlar yetkazib berildi
  • Ikki marta yechilgan to‘lov xaridorni sim kartasiga o‘tkazildi
  • Poyabzal uchun to‘langan mablag‘ to‘liq qaytarildi
  • Nosoz konditsioner to‘lovi iste’molchiga undirib berildi

Raqobat qo‘mitasi raqamli platformalar orqali mahsulot buyurtma qilishda va obunalarni faollashtirishda xizmat shartlari, qaytarish va hisob-kitob tartiblari bilan to‘liq tanishib chiqishingizni tavsiya etadi. Bu sizni turli xil vaziyatlarda noqulay holatlardan himoya qilishga xizmat qilishini unutmang, deyiladi rasmiy xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring