Aliyev Rossiyaga bormadi: Kreml izoh berdi
Kreml Ozarbayjon prezidenti Ilhom Aliyevning 22-dekabr kuni Sankt-Peterburgda bo‘lib o‘tadigan norasmiy MDH sammitida qatnashmaslik qarorini tushunadi, deb xabar berdi Rossiya prezidenti matbuot kotibi Dmitriy Peskov.
Shuningdek, Peskov Aliyevning ishtirok etishdan bosh tortishi kutilmagan holat emasligini ta’kidladi.
«Biz to‘liq tushunamiz. Darhaqiqat, barcha davlat rahbarlarining jadvali juda band, ayniqsa dekabr oyida, Yangi yil oldidan», dedi Peskov jurnalistlarga.«Ozarbayjon ham barcha MDH formatlarida ishtirok etishda davom etmoqda», deb ta’kidladi u.
Ilhom Aliyev ma’muriyati Ozarbayjon prezidenti «band ish jadvali tufayli» Sankt-Peterburgga bora olmasligini tushuntirdi.
Shuningdek, Ozarbayjon MDH tadbirlarida muntazam ravishda ishtirok etishi va tashkilot doirasidagi hamkorlikka katta ahamiyat berishi ta’kidlandi.
Eslatib o‘tamiz, 2025-yil may oyida Aliyev Moskvadagi paradga ham bormagandi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter