Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Qozog‘istonda avtohalokatga uchragan o‘zbekistonliklar bo‘yicha ma’lumot berildi

Qozog‘istonda avtohalokatga uchragan o‘zbekistonliklar bo‘yicha ma’lumot berildi

Qozog‘iston Respublikasining Shetsskiy tumanida sodir bo‘lgan yo‘l-transport hodisasi yuzasidan birlamchi ma’lumot berildi.

2022 yil 16 iyul kuni Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligidan olingan ma’lumotga ko‘ra, bugun soat 3:21 da Qozog‘iston Respublikasi Shetsskiy tumanidan o‘tgan «Almata-Yekatrinburg» avtomobil yo‘lining 850 km.da harakatlangan, MAN yuk mashinasi va «Mercyedyes-Benz Sprinter» yo‘lovchi mikroavtobusi to‘qnashishi oqibatida mikroavtobus ichida bo‘lgan 17 nafar yo‘lovchilardan 8 nafari voqea joyida halok bo‘lgan, 9 nafar yo‘lovchilar turli darajada tan jaroxati olib, Aksu-Ayuli qishloq kasalxonasiga yotqizilgan.

YTH oqibatida mikroavtobus salonida bo‘lgan 5 nafar O‘zbekiston Respublikasi fuqarolaridan 2 nafari voqea joyida vafot etgan hamda 3 nafari turli tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan. Hozirda ushbu fuqarolarga malakali tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.

Hozirda, ushbu xolat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi IIV hodimlari tomonidan dastlabki tergovoldi surishtiruv ishlari olib borilmoqda.

Holat yuzasidan Qozog‘iston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi bilan ma’lumot almashinuvi davom etmoqda. 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring