Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkent viloyatida 6 yoshli bola cho‘kib ketdi. Uning jasadini topishda muammo yuzaga kelgan

Toshkent viloyatida 6 yoshli bola cho‘kib ketdi. Uning jasadini topishda muammo yuzaga kelgan

Toshkent viloyati, Toshkent tumanining Ko‘kterak hududi, «Uchsada» MFY hududidan oqib o‘tuvchi «Zaxariq» kanaliga 6 yoshli bola tushib ketgan. Voqea 2023 yilning 3 iyun kuni sodir bo‘lgan.

«Xabar.uz»ga ma’lum qilinishicha, tegishli tashkilotlar bolaning jasadini topish uchun Suv xo‘jaligi vaziridan «Zaxariq» kanali suvini bir kunga to‘xtatib turishga ruxsat so‘ragan.

Biroq «yuqori»dan suvni to‘xtatib turishga ruxsat berilmayotgani aytilmoqda.

Bolakayning yaqinlari hali ham uning jasadini topa olishgani yo‘q.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring