Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Yana bolalar jonlantirish bo‘limiga tushdi. Xavfli dorilar ro‘yxati e’lon qilindi

Yana bolalar jonlantirish bo‘limiga tushdi. Xavfli dorilar ro‘yxati e’lon qilindi

Sirdaryoda «Dok-1 Maks» dorisining nojo‘ya ta’siri 7 nafar bemorda qayd etilgan. Ularning 4 nafari sog‘aygan, 3 nafar bola esa jonlantirish bo‘limida davolanmoqda. Bu haqda viloyat Sog‘liqni saqlash boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari Oltinoy Esanova ma’lum qildi.

Ayni paytda dorixonalarda «Quramax» korxonasi tomonidan 2022 yilda O‘zbekistonga olib kirilgan dorilar sotuvdan olinmoqda.

— Viloyatdagi dorixonalardan 320 ta «Dok-1 Maks» siropi, 120 qadoq tabletkasi va 103 ta «Ambronol» siropi sotuvdan olindi, — deydi Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi Sirdaryo viloyati bo‘linmasi boshlig‘i Rasul To‘rayev.

Agar ushbu dori vositasini sotib olgan bo‘lsangiz va hozir bu preparat uyingizda saqlanayotgan bo‘lsa, uni zinhor qo‘llamaslikni, shuningdek, dorixonalarda Hindistonning «Marion Biotech Pvt.Ltd» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqarilgan dori vositalarining savdosiga guvoh bo‘lgan taqdiringizda prokuratura huzuridagi Departamentning viloyat boshqarmasi yoki uning shahar va tumanlar bo‘limlariga hamda quyidagi (71-203-27-77) telefon raqamiga qo‘ng‘iroq qilishingizni so‘raymiz, deyiladi xabarda.

Shuningdek, ushbu kompaniya tomonidan ishlab chiqarilgan asosiy dori vositalari ro‘yxati taqdim etilgan:

➖ «Anasep» gel;

➖ «Beldomaks» nomidagi barcha dori vositalari;

➖ «Breveflora» kasulalari;

➖ «Dok-1 Maks» nomidagi barcha dori vositalari;

➖ «Kyuramaks Vitalong» kapsulalari;

➖ «Levoreks» nomidagi barcha dori vositalari;

➖ «Naytfors» tabletkasi;      

➖ «Tergamon-sul» dori vositasi;

➖ «Travanayt» tabletkalari;

➖ «Ferofort» nomidagi barcha dori vositalari;

➖  «Kyurazit» nomidagi barcha dori vositalari;

➖ «Nol gripp» nomidagi barcha dori vositalari;

➖ «Sinepar» nomidagi barcha dori vositalari;

➖ «Ambronol» siropi;

➖ «Travamaks» nomidagi barcha dori vositalari;    

➖ «Frakdjoin» kapsulalari.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring