Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun ishdan olingan rahbarlar javobgarlikka tortilishi mumkin

Bugun ishdan olingan rahbarlar javobgarlikka tortilishi mumkin

Foto: Prezident matbuot xizmati

Prezident Shavkat Mirziyoyev Davlat xavfsizlik xizmati va Bosh prokuraturaga bugun lavozimidan ozod etilgan mutasaddilarning faoliyatini o‘rganishni buyurdi. Qonun buzilishlar aniqlangan taqdirda, qat’iy javobgarlikka tortish topshirildi.

Shuningdek, hokimlar, sektor rahbarlari, mahalla raislari, hokim yordamchilari, yoshlar yetakchilari va xotin-qizlar faollari uyma-uy yurib, aholidan xabar olishlari kerakligi ko‘rsatib o‘tildi.

«Saxovat va ko‘mak» jamg‘armasidan yolg‘iz qariyalar, ko‘p farzandli ehtiyojmand oilalarga issiq kiyim, oziq-ovqat tarqatish, eng og‘ir hollarda ularni sharoiti bor joylarga joylashtirish, mahallalarda issiq ovqat tarqatish punktlarini tashkil etish topshirildi.

Har bir dehqon bozorida sharoitlarni yaxshilash va narx-navo tartibga solish, yirik korxonalar, ijtimoiy ob’yektlar rahbarlari xodimlarini uyushgan holda ishga olib kelishga avtobus qatnovlarini tashkil etish vazifasi qo‘yildi.

Yong‘inni oldini olish bo‘yicha amaliy va tushuntirish ishlarini kuchaytirish, xonadonma-xonadon isitish vositalaridan to‘g‘ri foydalanish bo‘yicha tushuntirish ishlarini tashkil qilish bo‘yicha topshiriq berildi.

Yig‘ilish yakunida tegishli mutasaddilar va hududlar hokimlari hisobot berdi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring