Sud xodimlariga xorijda hisobvaraq ochish va mol-mulkka egalik qilish taqiqlanadi
Prezident farmoniga ko‘ra, sud apparati xodimlari uchun qator yangi cheklovlar joriy etilmoqda.
Jumladan, ularga O‘zbekiston hududidan tashqarida bank hisobvaraqlari ochish va ularga egalik qilish, shuningdek, xorijda ko‘chmas mulk hamda boshqa mol-mulkka ega bo‘lish taqiqlanadi.
Shuningdek, sud xodimlarining tadbirkorlik faoliyati bilan shug‘ullanishi, xususiy kompaniyalar boshqaruvida ishtirok etishi va xizmat vazifalarini muayyan shaxslar yoki tashkilotlar manfaati uchun bajarishiga ham cheklovlar o‘rnatilmoqda.
Mazkur choralar sud tizimida korrupsiyaning oldini olish va manfaatlar to‘qnashuvini bartaraf etishga qaratilgan.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter