Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Mashina sotib olishga navbat haddan tashqari ko‘payib ketdi

Mashina sotib olishga navbat haddan tashqari ko‘payib ketdi

Illyustrativ surat

Prezident Shavkat Mirziyoyev ta’biri bilan aytganda, xalqqa umuman foydasi tegmayotgan UzAuto Motors mashinalarini sotib olishga bo‘lgan navbatlar haddan ortiq ko‘payib ketdi.

Masalan, ayni paytda Lacetti uchun qariyb 25 000, oy boshida 22 000 edi, Cobalt uchun esa salkam 8 000 ta odam navbatda turibdi. Buning sababi asosan ishlab chiqarish kamayib ketganidadir.

Davlat statistika qo‘mitasining xabariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish hajmi o‘tgan yilga nisbatan ancha kamaygan. 2021 yil yarmigacha 108780 ta mashina ishlab chiqarilgan bo‘lsa, 2020 yil shu paytda 34675 ta ulov ko‘p ishlab chiqarilgandi, pandemiya bo‘lishiga qaramay.

Shuningdek, 2020 yilga qaraganda bu yil deyarli barcha modellarni ishlab chiqarish to‘xtatilgan, ayniqsa, Spark. Buning ortidan hozir mashina sotib olishni istab, to‘lov qilgan odam avtomobilni 2022 yil bahorida minadi. Natijada esa bir necha oy oldin «shapka» berish yana qaytgandi, UzAuto Motors rad etgan bo‘lsa ham.

Mashinaga bo‘lgan navbatlarni UzAuto Motors saytida onlayn ko‘rish mumkin, ammo hozir sayt ishlamayapti. Yoki odam ko‘p kirganidan server ko‘tarolmagan, yo shunchaki dam olish kuni bo‘lgani uchun o‘chirib qo‘ya qolishgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring