Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Andijon tumani hokimi ishdan ketdimi?

Andijon tumani hokimi ishdan ketdimi?

Foto: «Google.com»

Andijon tumanida yangi hokim ish boshlagani aytilmoqda.

Xabarlarga qaraganda, Andijon viloyati xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘i Furqatbek Buzrukov tuman hokimi vazifasini bajaruvchi sifatida ishga tushibdi. Uni tuman jamoatchiligiga viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari Abdujabbor Egamberdiyev tanishtirgan. Ushbu ma’lumotni «Xabar.uz»ning mahalliy hokimiyatdagi manbasi tasdiqladi.

Biroq yetti yildan beri Andijon tumanini boshqarib kelgan Ulug‘bek Isomiddinovning vazifasidan ozod etilgani haqida hozircha rasmiy ma’lumot yo‘q. Norasmiy xabarlarga ko‘ra, viloyat hokimi Shuhrat Abdurahmonov yig‘ilishlardan birida Ulug‘bek Isomiddinov ayni paytda betobligi, salomatligini tiklab olgach, vazifasini davom ettirajagini ta’kidlagan.

Holatning nimasi ajablanarli? Bir qarashda hammasi joyida: issiq jon, hech kim xastalikdan kafolatlanmagan. Muhtaram Isomiddinovga salomatlik tilagan holda aytamizki, rahbar odam biror sabab bilan vazifasini davom ettira olmasa, uning ishini muovinlari biri vaqtincha ado etadi odatda. Andijon tuman hokimining bir emas, bir necha o‘rinbosari borligiga qaramay tumanga rahbarlik qilish viloyat xalq ta’limi boshqarmasi boshlig‘iga yuklatilgani biroz ajablanarli, albatta. Manbamizga ko‘ra, bu holatni viloyat rahbariyati «pichoqqa ilinadigan» kadr yo‘qligi bilan izohlashgan.

Mayli, voqealar rivojini vaqt ko‘rsatadi. Biz esa yaqinda «Andijonnoma» gazetasi va «Xabar.uz» axborot-tahliliy portalida «O‘zi xon, ko‘lankasi maydonmi?» maqolasi e’lon qilinganini eslatib o‘tish bilan kifoyalanamiz. Maqolada Andijon tuman hokimi Ulug‘bek Isomiddinovning keyingi yillardagi faoliyati tanqidiy ohangda qalamga olingandi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring