Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Elektromobillar soni 109 mingdan oshdi: qaysi hudud yetakchi?

Elektromobillar soni 109 mingdan oshdi: qaysi hudud yetakchi?

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatida O‘zbekiston bo‘yicha ro‘yxatga olingan elektromobillar soni 109,2 mingtaga yetgan.

Hududlar kesimida eng yuqori ko‘rsatkich Toshkent shahri hissasiga to‘g‘ri kelmoqda. Poytaxtda 79 ming 851 ta elektromobil ro‘yxatdan o‘tgan bo‘lib, bu respublikadagi jami elektromobillarning asosiy qismini tashkil etadi.

Toshkent viloyati 8 ming 194 ta elektromobil bilan ikkinchi o‘rinni egallagan. Keyingi o‘rinlarda Samarqand viloyati — 4 ming 525 ta, Xorazm viloyati — 3 ming 42 ta va Qashqadaryo viloyati — 2 ming 611 ta elektromobil bilan qayd etilgan.

Statistika elektromobillar tarqalishi hududlar bo‘yicha bir xil emasligini ko‘rsatmoqda. Farg‘ona viloyatida 2 ming 231 ta, Navoiy viloyatida 1 ming 756 ta, Buxoro viloyatida 1 ming 685 ta elektromobil mavjud.

Andijon viloyatida 1 ming 477 ta, Namangan viloyatida esa 1 ming 156 ta elektromobil ro‘yxatga olingan. Qoraqalpog‘iston Respublikasida mazkur ko‘rsatkich 1 ming 10 tani tashkil qilgan.

Sirdaryo viloyatida 799 ta, Jizzax viloyatida 517 ta elektromobil qayd etilgan bo‘lsa, Surxondaryo viloyati 315 ta transport vositasi bilan ro‘yxatning oxirgi pog‘onasidan joy olgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring