Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Bugun ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

Bugun ayrim hududlarda havo harorati 42 darajagacha ko‘tarilishi mumkin

Foto: Xabar.uz

O‘zgidromet ma’lumotlariga ko‘ra, bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 9-14 m/s tezlikda esadi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin. Harorat 35-40°, shimolda, janubda va cho‘l hududlarda 41-42° gacha bo‘ladi.
 
Toshkentda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Shamol 5-10 m/s tezlikda esadi. Harorat 37-39° bo‘ladi.
 
Tog‘li hududlarda ayrim joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin. Shamol 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat 25-30° bo‘ladi.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring