Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Hayit kuni metro 04:00 dan ish boshlaydi

Hayit kuni metro 04:00 dan ish boshlaydi

«Toshkent metropoliteni» UK Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan Toshkent metropolitenining ish tartibi haqida ma’lumot berdi.

«Metropoliten yo‘lovchilariga e’lon!

Hurmatli yurtdoshlar, poytaxtimiz ahli va mehmonlari! Sizlarni kirib kelayotgan Ramazon hayiti bilan samimiy muborakbod etamiz hamda pok niyatlaringiz, ezgu duolaringiz ijobat bo‘lishini tilaymiz! Shuni ham ma’lum qilamizki, ertaga, 13-may kuni, Ramazon hayiti bayrami nishonlanishi munosabati bilan Toshkent metropolitenining barcha yo‘nalishlari soat 04:00 dan ish boshlaydi. Poyezdlar orasidagi oraliq vaqti 8-10 daqiqani tashkil etadi», deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring