Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari aniqlashtirildi
Mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlari aniqlashtirildi.
Qonun (O‘RQ–1109-son, 30.12.2025 y.) bilan ayrim qonun hujjatlariga qo‘shimcha va o‘zgartirishlar kiritildi.
Mazkur Qonun bilan ayrim qonun hujjatlriga mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari hamda mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlarini aniqlashtirishga qaratilgan o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi.
Jumladan, “Shahar yo‘lovchilar transporti to‘g‘risida”gi Qonunga kiritilgan qo‘shimchalarga ko‘ra, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlarining vakolatlariga quyidagilar kirishi belgilandi:
- bekatlar, to‘xtab o‘tish va dispetcherlik manzillarini, boshqa ob’yektlarni joylashtirish, qurish va obodonlashtirish masalalarini hal qilish;
- aholiga transport xizmati ko‘rsatish haqida shahar yo‘lovchilar transportini boshqarish organi bilan shartnoma tuzish va transport harakatini tashkil etish rejasini ishlab chiqish.
- yo‘lovchilar tashish ishining sifati ustidan nazorat qilish.
Shuningdek, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari avtomobil transportini rivojlantirish kompleks mintaqaviy dasturlarini tasdiqlaydi va ularning bajarilishi ustidan nazoratni amalga oshirishi belgilandi.
Bundan tashqari, mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari mahalliy budjetlarning yong‘in xavfsizligi, shu jumladan yong‘indan saqlash xizmatining ta’minoti xarajatlariga doir qismini tasdiqlashi ko‘zda tutildi.
Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.


Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter