Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

O‘zbekistonda «Disney» ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi ochilishi mumkin

O‘zbekistonda «Disney» ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasi ochilishi mumkin

Foto: Saida Mirziyoyeva.

Saida Mirziyoyeva «The Walt Disney Company» kompaniyasining vitse-prezidenti, «Emmi» mukofotining 7 karra sovrindori Hayma Vashington bilan uchrashuv o‘tkazdi.

Maqsad — O‘zbekiston poytaxtini bolalar kontenti ishlab chiqarish bo‘yicha mintaqaviy markazga aylantirish. 

Gollivud mutaxassislari bilan hamkorlikda animatorlar, rejissyorlar va ssenariynavislarning yangi avlodini tayyorlash ko‘zda tutilgan. 

O‘zbekistonda «Disney»ning Markaziy Osiyodagi vakolatxonasini ochish va kontenti to‘liq o‘zbek tilidagi telekanal tashkil etishga qiziqish bildirildi. 

Xalqaro kompaniyalar uchun imtiyozli sharoitlar yaratiladigan «Cinema Park» kreativ parkini tashkil etish, shuningdek, kelgusida mintaqa turizmi uchun yangi drayverga aylanadigan «Disneyland» tematik bog‘ini barpo etish g‘oyasi ham bor.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring