Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Rasul Kusherbayev «Chorvoq»da skuterlarni cheklashni taklif qilmoqda

Rasul Kusherbayev «Chorvoq»da skuterlarni cheklashni taklif qilmoqda

«Chorvoq»da fuqaro suv ustida skuter boshqaruvini yo‘qotib odamlar o‘limiga sabab bo‘lgani xabar qilingandi.

Suv omboridagi ayanchli voqea, davom etayotgan tartibsizlik natijasi, deyish mumkin — qayd etdi Ekologiya vaziri maslahatchisi Rasul Kusherbayev.

«Afsuski, asosan ichimlik suvi sifatida foydalaniladigan Chorvoq suv omboridagi suv zaxiralariga nisbatan salbiy munosabat sabab suvni ifloslantiruvchi benzin va moyda harakatlanuvchi suzish apparatlari(skuter)dan foydalanish to‘xtamayapti.

Bu o‘z o‘rnida poytaxt va viloyat aholisini ichimlik suvi bilan ta’minlaydigan suv zaxiralarining ifloslanishiga sabab bo‘lmoqda. Kamiga bugungidek, odamlar o‘limi bilan bog‘liq xodisalarga ham olib kelmoqda.

Bugungi fojea uchun mas’uliyat va javobgarlik to‘liq «Chorvoq» erkin turistik zonasi direksiyasi va Favqulodda vaziyatlar vazirligida. Nazoratsizlik va mas’uliyatsizlik shu oqibatga olib kelgan.

Shu bois, ekologiya vazirligi rahbariyati va jamoasi quyidagilarni taklif etadi:

Birinchidan, Chorvoq suv ombori hududidagi motorli qayiq, skuter va suvni isloslantiruvchi boshqa suzuvchi apparatlardan foydalanishni ta’qiqlash va faqat elektrli suzish apparatlaridan foydalanishga ruxsat berish;

Ikkinchidan, Chorvoq suv ombori hududidan foydalanayotgan barcha suzuvchi apparatlarni inventarizatsiyadan o‘tkazib, faoliyati qonuniyligini o‘rganish;

Uchinchidan, Chorvoq suv ombori hududidagi barcha suvni ifloslantiruvchi apparatlardan foydalanish cheklanib, atrof tartibga keltirilgunga qadar, suv ombori suvida suzish va dam olish xizmatlari ko‘rsatishga qarshi moratoriy joriy etish.

To‘rtinchidan, Chorvoq suv ombori va atrofini ekologik toza saqlash uchun tashrif buyuruvchilar belgilanmagan joyga chiqindi tashlaganligi, suvni isloslantirganligi uchun jarima miqdorlarini eng kamida 1000 AQSh dollari ekvivalenti miqdoridan kam bo‘lmagan summaga qadar oshirish. Tozalikka rioya qilmagan tadbirkorlik sub’yektlarini ushbu hududda faoliyat ko‘rsatish huquqidan mahrum qilish;

Beshinchidan, Chorvoq suv ombori va uning atrofini ekologik toza alohida maqomli nazorat hududiga aylantirish.

Ushbu choralar atrof muhitni ekologik toza saqlash bilan birga, aholini barqaror toza ichimlik suvi bilan ta’minlashga xizmat qiladi», deydi R.Kusherbayev.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring