Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Ayovsiz do‘pposlangan shifokor haqidagi xabarga prokuratura munosabat bildirdi

Ayovsiz do‘pposlangan shifokor haqidagi xabarga prokuratura munosabat bildirdi

Foto: Xabar.uz

Surxondaryo viloyati prokuraturasi shifokor ayovsiz do‘pposlangani haqidagi xabarimizga rasmiy munosabat bildirdi.

Aniqlanishicha, 2022-yil 27-oktyabr kuni soat 15:00 larda Angor tumanining «Navro‘z» mahallasi hududida joylashgan Tibbiyot birlashmasi binosining birinchi qavatida Termiz shahrining «Pattakesar» mahallasida yashovchi D.S. va Samarqand viloyatining Urgut tumanida yashovchi G.I.lar hech bir sababsiz janjal ko‘tarib, travmatolog-shifokor E.Jumageldiyevga, tanasining turli joylariga urib, yengil tan jarohati yetkazishgan. Ular shifokor bilan oldindan tanish bo‘lishmagan.

Mazkur holat yuzasidan 1-noyabr kuni Angor tuman IIB huzuridagi Tergov guruhi tomonidan D.S. va G.I.larga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “b” bandi (bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

Tergov harakatlari tuman prokuraturasi tomonidan nazoratga olingan, deyiladi xabarda.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring