Xabarlar tezkor Telegram kanalimizda Obuna bo'lish ×

Shifokorlar muntazam charchoqni bartaraf etish sirini ochdilar

Shifokorlar muntazam charchoqni bartaraf etish sirini ochdilar

Mutaxassislar insonlarda kuzatiladigan doimiy charchoqning ehtimoliy sababini e’lon qildilar. 

Polsha shifokorlari tomonidan olib borilgan tadqiqot natijalariga ko‘ra, surunkali charchoq (ayniqsa keksa odamlarda ko‘proq uchraydi) baliq yog‘i tarkibidagi D vitamini yetishmasligi bilan bog‘liq.

Tajribalarga ko‘ra, D vitamini yetishmasligi charchoqqa olib kelishi mumkin. Vitaminning o‘zi mushaklardagi yallig‘lanishni, hujayra shikastlanishini kamaytiradi va serotonin va dofamin ishlab chiqarishda ishtirok etadi, bu esa quvnoqlik va yaxshi kayfiyatni keltirib chiqaradi.

Shu sababdan shifokorlar D vitamini ishtirok etgan mahsulotlardan iste’mol qilishni tavsiya etadilar. 

D vitamini yog‘li ovqatlarda eng yaxshi so‘riladi va yog‘ to‘qimalarida to‘planadi. Ko‘p miqdordagi D vitamini asosan hayvonlarda mavjud: yog‘li baliq go‘shti, tuxum sarig‘i va sut mahsulotlarida. Bundan tashqari, uning oz miqdori qizil ikra, o‘rmon qo‘ziqorinlari va urug‘larda mavjud.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring