Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentda xalqaro gemologiya laboratoriyasi ochildi

Toshkentda xalqaro gemologiya laboratoriyasi ochildi

Bugun Toshkentda xalqaro gemologiya laboratoriyasi hamda o‘quv markazining tantanali ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev tomonidan zargarlik sanoatini yanada rivojlantirish, xalqaro brendlarni O‘zbekistonga olib kirish hamda gemologiya yo‘nalishida malakali mutaxassislar tayyorlash yuzasidan berilgan topshiriqlarni chuqur o‘rganish asosida amalga oshirildi.

Loyiha O‘zbekiston Respublikasining Isroil davlatidagi Elchixonasi, “New Uzbekistan” savdo-investitsiya uyi, GCI Gemologiya markazi hamda “EXPERT ONE” MChJning qo‘shma hamkorligi asosida hayotga tatbiq etildi.

Ushbu tashabbus gemologik ekspertiza sohasida O‘zbekistonda xalqaro standartlarni joriy etish, professional ta’limni rivojlantirish, shuningdek, yuqori texnologiyalar, ta’lim va zargarlik sanoati yo‘nalishlarida hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring