Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Toshkentdagi loyihaga xalqaro mukofot berildi

Toshkentdagi loyihaga xalqaro mukofot berildi

Turkiyaning «Hasan Sözüneri Mimarlık» shirkati me’morligida Toshkentda qurilayotgan bino loyihasi Tailand poytaxti Bangkokda o‘tkazilgan «International Property Awards» tanlovida mukofotlandi.

«İhlas» axborot agentligi (İHA) xabariga ko‘ra, loyiha «Eng yaxshi qo‘shma qurilish arxitekturasi», «Eng yaxshi ko‘p qavatli turarjoy arxitekturasi», «Eng yaxshi ko‘p qavatli uy arxitekturasi» kabi nominatsiyalarda e’tirof etilgan.

Me’mor Hasan So‘zyuneri ta’kidicha, bu mukofot O‘zbekistonning qurilish borasida istiqboli porloq ekani va ikki qardosh xalq do‘stligidan dalolat beradi.

Bursa shahrida asos solingan «Hasan Sözüneri Mimarlık» dunyo bo‘ylab ko‘plab binolar tarhiga mualliflik qilgan. «Hills Blue Mix Used» loyihasi bo‘yicha Toshkentda qurilayotgan yirik majmua 2028 yilda bitkazilishi rejalashtirilgan.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring