Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Termizga uchgan samolyot qo‘na olmasdan Toshkentga qaytib keldi

Termizga uchgan samolyot qo‘na olmasdan Toshkentga qaytib keldi

Bugun, 8-mart kuni Toshkentdagi  I.Karimov nomidagi xalqaro aeroportdan Termizga uchgan HY-079 yo‘lovchi reysi Toshkentga qaytib qo‘ndi.

Xabarda aytilishicha, Airbus A320 NEO samolyoti noqulay ob-havo sharoiti sabab qo‘nishni amalga oshirolmagan.

Qayd etilishicha, mahalliy vaqt soat 11:30 lardan Termiz shahrida ko‘rinish masofasi 1000 metrlardan pasayuvchi kuchli chang bo‘ron hodisalari kuzatila boshlangan.

Soat 13:00 holatiga Termizda ko‘rinish masofasi 1100 metr bo‘lib, chang bo‘roni kuchli darajadan o‘rtacha ko‘rinishga tushgan.

 

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring