Android qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×
IOS qurilmalar uchun Xabar.uz mobil ilovasi. Yuklab olish ×

Simptomsiz yurgan kasallar soni 2-3 baravar ko‘p bo‘lishi mumkin — Habibulla Oqilov

Simptomsiz yurgan kasallar soni 2-3 baravar ko‘p bo‘lishi mumkin — Habibulla Oqilov

Foto: «Xabar.uz»

Ayni daqiqalarda AOKAda O‘zbekiston Respublikasiga koronavirusning kirib kelishi va tarqalishining oldini olish yuzasidan chora-tadbirlar dasturini tayyorlash bo‘yicha Respublika maxsus komissiyasining axborot yuzasidan matbuot anjumani o‘tkazilgani xabar qilingandi.

Matbuot anjumanida IIV matbuot kotibi Shohrux G‘iyosov butun respublika «qizil hudud»ga aylantirilganini ma’lum qildi.

Mutaxassislar 10 iyuldan joriy etilayotgan karantin choralari hozirgi vaqtda juda zarurligini qayd etishdi.

«20 kunlik karantinning joriy etilishi — nafaqat kasallik zanjirining uzilishiga, balki shifokorlarning ham ozgina dam olishiga sharoit yaratadi.

Chunki shifokorlarimiz nafaqat jismoniy, balki ruhiy tomondan ham charchadilar. Ular qanday mas’uliyat bilan ishlayotganini hamma yaxshi biladi. Bularning hammasi ana shu 20 kunlik qat’iy karantin rejasidan o‘rin olgan», — dedi koronavirusga qarshi kurash shtab a’zosi Habibulla Oqilov.

Mutaxassis shuningdek, bugungi ko‘rsatkich – bu biz bilgan statistika ekanini, hali qancha tahlilga yetib bormagan, simptomsiz yurgan kasallar soni 2-3 baravar ko‘p bo‘lishi mumkinligini qayd etdi.

«Avvalida PZR tahlil o‘tkazishda muammo yo‘q edi. Hozir kuniga 20-22 mingta tahlil o‘tkazilgandayam talab darajasiga yetkazib berolmayapmiz.

Avval 5-6 soatda javobi chiqqan bo‘lsa, hozir yig‘ilib qolgan tahlil namunalari natijasida javoblarni olishga 2-3 kun, 1 haftagacha vaqt ketyapti. Bu vaqt ichida bemor xalqni ichida yurib, kasallanish ko‘payishiga sabab bo‘lyapti», dedi Habibulla Oqilov.

Izohlar 0

Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting

Kirish

Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring