Armaniston KXShTdan chiqib ketmoqda
Armaniston Kollevtiv xavfsizlik shartnomasi tashkilotidan chiqadi.
Armaniston bosh vaziri Nikol Pashinyan mamlakat Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkilotidan chiqishini aytdi, deb yozadi «TASS».
Biroq, vaqt hali aniqlanmagan.
«Siz nima deb o‘ylaysiz? Keyingi qadam nima? Biz qaytib ketamiz deb o‘ylaysizmi? Yo‘q, boshqa yo‘l yo‘q. Xavotir olmang, biz qaytmaymiz», degan u parlament yig‘ilishida.
KXShTga hozirda Armaniston, Belarus, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Rossiya va Tojikiston kiradi.
Eslatib o‘tamiz, o‘tgan yili sentyabr oyida Ozarbayjon Tog‘li Qorabog‘ni to‘liq egalladi. Armaniston esa yordam so‘rab KXShTga murojaat qildi. Ammo tashkilot Armaniston talabini e’tiborsiz qoldirdi.
Shundan so‘ng, Armaniston tashkilot tadbirlarida ishtiroklarni to‘xtatdi. Shuningdek, Rossiya bilan munosabatlarga ham sovuqchilik tushdi.
Izoh qoldirish uchun saytda ro'yxatdan o'ting
Kirish
Ijtimoiy tarmoqlar orqali kiring
FacebookTwitter